O`quv ishlari

Biologik kimyo fani bo’yicha talabalar bilimini nazorat

qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida

N I Z O M

  1. UMUMIY QOIDALAR 

Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Qonunlarining ta’lim sifatini ko’tarishga qaratilgan tadbig’ini yanada samarali yo’lga qo’yishga yo’naltirilgan bo’lib, u Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 7 avgust 276-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baxolashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizom asosida ishlab chiqilgan va undan tibbiyot oliy o’quv yurtlarida talabalar bilimini baholashda me’yoriy hujjat sifatida foydalaniladi.

  1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
  2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  3. a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
  4. b) talabalar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
  5. v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o’zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
  6. g) talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
  7. d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
  8. e) talabalarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
  9. yo) o’quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
  10. Fanlar bo’yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 
  1. NAZORAT TURLARI VA UNI AMALGA OShIRISh TARTIBI 
  1. Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan TTA Ilmiy uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan, hamda biologik kimyo fanining ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatilgan.
  2. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
  3. Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:

joriy baholash – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin. Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart;

talabaning mustaqil ishi o’quv rejasida muayyan fanni o’zlashtirish uchun  belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi  bo’lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatdan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi  talablari asosida nazorat qilinadi. Mustaqil ish talabaning boshqa turdagi nazarot ballarining ichida hisobga olinadi va mustaqil ishni bajarmagan talaba fan bo’yicha yakuniy nazoratga qo’yilmaydi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro’yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi;

oraliq baholash – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat davolash, tibbiy pedagogika,tibbiy profilaktika  va stomatologiya fakultetlarida 3-chi va 4-chi semestrlarda, og’zaki shaklda, kafedrada tasdiqlangan savollar asosida tuzilgan biletlar yordamida bir marotaba semestrning davomida o’tkaziladi. OBga o’quv mashg’ulotlaridan qarzi bo’lmagan talabalar qo’yiladi. OB bo’yicha belgilangan maksimal reyting ballining 55%dan kam ball to’plagan talaba YaBga qo’yilmaydi. OMX fakultetida biologik kimyo faniga ajratilgan auditoriya soati 72 dan kam bo’lganligi uchun 2-chi semestrda o’tkazilmaydi,  JB va YaB ulushi 50:50 ni tashkil qiladi;

yakuniy nazorat – semestr yakunida nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda akademiya Ilmiy kengashi qarori asosida yakuniy nazorat turli shakllarda (og’zaki, test va hokazo) o’tkazilishi mumkin degan qaroriga asosan, JN, TMI va ONga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to’plagan talabaga YaBga ishtirok etish xuquqi beriladi. YaB  OSCE va test usuli kombinatsiyasida o’tkazilgan holda ballar nisbati mos ravishda 50% : 50% ni tashkil etadi. OSCE va test natijasida to’plangan ballar YaBni tegishli balini tashkil etadi. Agar OSCE natijalari bo’yicha talaba qoniqarsiz baho olsa, u test nazoratiga kiritilmaydi.

  1. Oraliq baholashni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
  2. Akademiya rektorining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
  3. O’quv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga ko’ra talabalarni keyingi kursga o’tkazish to’g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.

 III. BAHOLASh TARTIBI VA MEZONLARI 

  1. Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning biologik kimyo fani bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
  2. Biologik kimyo fani bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:

joriy baholash (TMI)    –  50 ball

oraliq baholash   –  20 ball

yakuniy baholash   –  30 ball

JAMI 100 ball

  1. Talabaning biologik kimyo fani bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar qo’llanadi:

Biologik kimyo fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:

– joriy baxolash (JB);

– talaba mustaqil ishi (TMI);

– oraliq baholash (OB);

– yakuniy baholash (YaB)

Fan bo’yicha talabaning semestr (o’quv yili) davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:

Baxolash turi Maksimal ball Koeffitsient Saralash bali
1. Auditoriyadagi o’quv mashg’ulotlarni baxolashQTMI 50 0,5 27,5
2. Oraliq baholash 20 0,2 11,0
3. Yakuniy baholash 30 0,3 16,5
  JAMI 100 1 55,0

JORIY BAHOLASh  (JB) MEZONLARI:

JBda talabaning fanni mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Biokimyo fani bo’yicha JB og’zaki, o’rgatuvchi-nazorat, tarqatma materiallari bilan ishlash, mustaqil ishlarni bajarish, uy vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin.

Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg’ulot materiallarini o’zlashtirishi, nazariy  material  muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi.

Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart.

Joriy nazoratda talabalar bilimi ta’lim modeliga asoslangan holda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy, amaliy qism va TMI (50:40:10)

  96-100 91-95 86-90 81-85 76-80 71-75 66-70 61-65 55-60 31-54 0-30
Nazariy qism 52- 50 46-48 43-45 41-42 38-40 36-38 33-35 31-33 28-30 15-27 0-18
Amaliy qism 35-40 36-38 34-36 32-34 31-32 28-30 26-28 24-26 22-24 12-22 0-12
TMI 9-10 9 9 8-9 7-8 7 7 6 5-6 4-5 0

Laboratoriya mashg’ulotida joriy nazoratda talabalar bilimi ta’lim modeliga asoslangan xolda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy, laboratoriya ishi bajarilishi va TMI (40:50:10)

  96-100 91-95 86-90 81-85 76-80 71-75 66-70 61-65 55-60 31-54 0-30
Nazariy qism 35-40 36-38 34-36 32-34 31-32 28-30 26-28 24-26 22-24 12-22 0-12
Laboratoriya ishi 52- 50 46-48 43-45 41-42 38-40 36-38 33-35 31-33 28-30 15-27 0-18
TMI 9-10 9 9 8-9 7-8 7 7 6 5-6 4-5 0

Talabalar bilimini joriy baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi: 

O’zlashtirish (%) va ballarda Baho Talabaning bilim darajasi
96-100 A’lo «5»

 

 

Mashg’ulot mavzusi bo’yicha talabaning javobi to’liq, turli manbalardan olingan qo’shimcha ma’lumotlarga boy,  bilim hajmi dastur doirasidan chiqadi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to’liq o’zlashtirgan va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanish. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida, sifatli bajaradi. Vaziyatli masalalarni echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini mantiqan asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o’z fikrini himoya qila biladi. Mavzu bo’yicha organik va anorganik kime, odam anatomiyasi, normal fiziologiya va gistologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq egalla­gan, eksperiment ishlarini bajarishda, olgan nazariy bilimlarini qo’llaydi, reaksiyalarni qadamma-qadam to’g’ri bajaradi,  reaksiyalar tenglamalarini to’g’ri va hatosiz yozadi, asoslaydi va to’g’ri xulosalar chiqaradi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.        Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mantiqiy tuzilgan va mavzuning barcha savollarini har tomonlama to’liq kamrab olgan, mavzu tizimli bayon qilingan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Referat mavzusi har tomonlama va to’liq ochib berilgan, matn mantiqiy ketma-ketlikda ifodalangan, to’g’ri hulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlar mavjud.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to’g’ri echgan, ularni echishda ijodiy yondoshgan, javob asoslangan. Jadvallar to’g’ri to’liq to’ldirilgan.

 

       Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash:      

Talaba TIJda mustaqil tajribalar olib borgan va olingan natijalarni alohida qayd etgan, statistik ishlovdan o’tkazgan va ushbu tadqiqot ishi bo’yicha mustaqil, aniq, mantiqiy asoslangan savodli xulosalar chiqargan. Talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’plagan, tahlil qilgan, tizimlashtirgan. Tayyorlagan maqola, tezis yoki ma’ruzasi talabaning tajribada olgan ilmiy natijalari va adabiyot ma’lumotlari taxliliga asoslangan.

91-95 A’lo «5» Mavzu bo’yicha talabaning javobi to’liq, dastur doirasida, mantiqan asoslangan, ishonch bilan javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to’liq o’zlashtirgan va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanish. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida, sifatli bajaradi. Vaziyatli masalalarga aniq javob beradi, asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o’z fikrini himoya qila biladi. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq egalla­gan, laboratoriya ishlarini bajarishda olgan nazariy bilimlarini qo’llaydi, reaksiyalarni qadamma-qadam to’g’ri bajaradi,  reaksiyalar tenglamalarini to’g’ri va hatosiz yozadi, asoslaydi va to’g’ri xulosalar chiqaradi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.        Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mantiqiy tuzilgan va mavzuning barcha savollarini har tomonlama to’liq kamrab olgan, mavzu tizimli bayon qilingan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Referat mavzusi har tomonlama va to’liq ochib berilgan, matn mantiqiy ketma-ketlikda ifodalangan, to’g’ri hulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlar mavjud.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to’g’ri echgan, ularni echishda ijodiy yondoshgan, javob asoslangan. Jadvallar to’g’ri to’liq to’ldirilgan.

 

       Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash:      

Talaba TIJda mustaqil tajribalar olib borgan va olingan natijalarni alohida qayd etgan, statistik ishlovdan o’tkazgan va ushbu tadqiqot ishi bo’yicha mustaqil, aniq, mantiqiy asoslangan savodli xulosalar chiqargan. Talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’plagan, tahlil qilgan, tizimlashtirgan. Tayyorlagan maqola, tezis yoki ma’ruzasi talabaning tajribada olgan ilmiy natijalari va adabiyot ma’lumotlari taxliliga asoslangan.

86-90 A’lo «5» Mavzu bo’yicha talabaning javobi to’liq, dastur doirasida, mantiqan asoslangan, ishonch bilan javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to’liq o’zlashtirgan va qo’shimcha adabiyotlar bilan qisman tanish. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi.  Vaziyatli masalalarga aniq javob beradi, asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o’z fikrini himoya qila biladi. Interaktiv o’yinlarda faol qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq egalla­gan, laboratoriya ishlarini bajarishda olgan nazariy bilimlarini qo’llaydi, reaksiyalarni qadamma-qadam to’g’ri bajaradi,  reaksiyalar tenglamalarini to’g’ri va hatosiz yozadi, asoslaydi va to’g’ri xulosalar chiqaradi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.        Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mantiqiy tuzilgan va mavzuning barcha savollarini har tomonlama to’liq kamrab olgan, mavzu tizimli bayon qilingan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Referat mavzusi to’liq ochib berilgan, matn mantiqiy ketma-ketlikda ifodalangan, to’g’ri hulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlar mavjud.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to’g’ri echgan, ularni echishda ijodiy yondoshgan, javob asoslangan. Jadvallar to’g’ri to’liq to’ldirilgan.

 

       Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash:      

Talaba TIJda mustaqil tajribalar olib borgan va olingan natijalarni alohida qayd etgan, statistik ishlovdan o’tkazgan va ushbu tadqiqot ishi bo’yicha mustaqil, aniq, mantiqiy asoslangan savodli xulosalar chiqargan. Talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’plagan, tahlil qilgan, tizimlashtirgan. Tayyorlagan maqola, tezis yoki ma’ruzasi talabaning tajribada olgan ilmiy natijalari va adabiyot ma’lumotlari taxliliga asoslangan.

81-85 Yaxshi «4» Mavzu bo’yicha talabaning javobi to’liq, dastur doirasida, ishonch bilan javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni yaxshi o’zlashtirgan. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi.  Vaziyatli masalalarga aniq javob beradi, asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o’z fikrini himoya qila biladi. Interaktiv o’yinlarda faol qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq egalla­gan, laboratoriya ishlarini bajarishda olgan nazariy bilimlarini qo’llaydi, reaksiyalarni qadamma-qadam to’g’ri bajaradi,  reaksiyalar tenglamalarini yozishda 1-2 ta kichik hatoga yo’l qo’yadi, asoslaydi va to’g’ri xulosalar chiqaradi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.        Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mavzuning barcha savollarini qamrab olgan, tizimli bayon qilingan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to’g’ri echgan, javob asoslangan. Jadvallar to’g’ri to’liq to’ldirilgan.
76-80 Yaxshi «4» Mavzu bo’yicha talabaning javobi dastur doirasida. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni yaxshi o’zlashtirgan. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi.  Vaziyatli masalalarga aniq javob beradi, asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralar va interaktiv o’yinlarda faol qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq egalla­gan, laboratoriya ishlarini bajarishda olgan nazariy bilimlarini qo’llaydi, reaksiyalarni qadamma-qadam to’g’ri bajaradi,  reaksiyalar tenglamalarini yozishda 1-2 ta kichik hatoga yo’l qo’yadi, asoslaydi va to’g’ri xulosalar chiqaradi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish, referat tayyorlash, ijodiy ishlash.         Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mavzuning barcha savollarini qamrab olgan, tizimli bayon qilingan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to’g’ri echgan, javob asoslangan. Jadvallar to’g’ri to’liq to’ldirilgan.
71-75 Yaxshi «4» Mavzu bo’yicha talabaning javobi dastur doirasida. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirgan. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaradi.  Vaziyatli masalalarga aniq javob beradi, asoslashda birmuncha qiynaladi. Mavzu muhokamasi, munozaralar va interaktiv o’yinlarda faol qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq egalla­gan, laboratoriya ishlarini bajarishda olgan nazariy bilimlarini qo’llaydi, reaksiyalarni qadamma-qadam to’g’ri bajaradi,  reaksiyalar tenglamalarini yozishda 2-3 ta kichik hatoga yo’l qo’yadi, asoslaydi va to’g’ri xulosalar chiqaradi..
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish, referat tayyorlash, ijodiy ishlash.         Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mavzuning barcha savollarini qamrab olgan, tizimli bayon qilingan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan, tizimga solgan. Mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to’g’ri echgan, javob asoslangan. Jadvallar to’g’ri to’liq to’ldirilgan.
66-70 Qoniqarli «3» Javobi dasturning 60-70%ni tashkil qiladi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirgan. Mavzu doir bilim bo’yicha tasav­vurga ega, qo’shimcha savollarga javob to’liq emas.  Vaziyatli masalalarni echishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi. Interaktiv o’yinlarda sust qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni  va laboratoriya ishlarini bajarishda ayrim hatoliklarga yo’l qo’yadi, reaksiyalarni qadamma-qadam to’g’ri bajaradi,  reaksiyalar tenglamalarini yozishda 3-4 ta hatoga yo’l qo’yadi, lekin asoslashda va xulosalar chiqarishda qiynaladi..
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish, referat tayyorlash, ijodiy ishlash.         Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mavzuning barcha savollarini qamrab olgan, lekin bayon qilishda tizimli yondoshilmagan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan. Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo arzimas kamchiliklar mavjud.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni to’g’ri echgan, javobni asoslashda qiynaladi. Jadvallarni to’ldirishda arzimas kamchiliklarga yo’l qo’ygan.
61-65 Qoniqarli «3» Javobi dasturning 55-60%ni tashkil qiladi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni qisman o’zlashtirgan. Mavzu doir bilim bo’yicha tasav­vurga ega, qo’shimcha savollarga qisman javob beradi.  Vaziyatli masalalarni echishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi. Interaktiv o’yinlarda sust qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni  va laboratoriya ishlarini bajarishda  hatoliklarga yo’l qo’yadi, reaksiyalarni qadamma-qadam bajarishda adashadi,  reaksiyalar tenglamalarini yozishda 3-4 ta qo’pol hatoga yo’l qo’yadi, lekin asoslashda va xulosalar chiqarishda qiynaladi
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish, referat tayyorlash, ijodiy ishlash.         Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspekt mavzuning barcha savollarini qamrab olgan, lekin bayon qilishda tizimli yondoshilmagan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilgan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan foydalanib materiallar yig’gan, tahlil qilgan. Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo qator kamchiliklar mavjud.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni echishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’ygan, javobini asoslay olmaydi. Jadvallarni to’ldirishda kamchiliklarga yo’l qo’ygan.
55-60 Qoniqarli «3» Javob dasturning 50-55%ni tashkil qiladi, qo’shimcha savollarga javob yo’q.   Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni qisman o’zlashtirgan. Mavzu doir bilim bo’yicha tasav­vurga ega, qo’shimcha savollarga qisman javob beradi.  Vaziyatli masalalarni mustaqil echa olmaydi. Interaktiv o’yinlarda sust qatnashadi.
Amaliy ko’nikmalarni  qisman egallagan, laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olmaydi,  hatoliklarga yo’l qo’yadi, reaksiyalarni qadamma-qadam bajarishda adashadi,  reaksiyalar tenglamalarini yozishda ko’pgina qo’pol hatoga yo’l qo’yadi, mustaqil asoslay olmaydi va xulosalar chiqara olmaydi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish, referat tayyorlash, ijodiy ishlash.         Mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish. Konspektda mavzuning  barcha savollari yoritilmagan, bayon qilishda tizimli yondoshilmagan, foydalanilgan asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko’rsatilmagan.      Referat tayyorlash. Talaba asosiy  adabiyotlardan foydalanib materiallar yig’gan, ammo tahlil qilmagan. Mavzu mohiyati yoritilmagan.       Ijodiy ishlash. Mashg’ulotda berilgan vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni mustaqil echa olmaydi, javobini asoslay olmaydi. Jadvallarni to’ldirishda kamchiliklarga yo’l qo’ygan.
31- 54 Qoniqarsiz«2» Javob dasturning 30-40%ni tashkil qiladi, nazariy savollar bo’yicha aniq tasavvurga ega emas. Qo’shimcha savollarga javob yo’q. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirmagan. Mavzu doir bilim bo’yicha tasav­vuri chalkash. Vaziyatli masalalarni echa olmaydi. Mashg’ulotla berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarmaydi.
Amaliy ko’nikmalarni  qisman egallagan, laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olmaydi,  hatoliklarga yo’l qo’yadi, reaksiyalarni qadamma-qadam bajara olmaydi,  reaksiyalar tenglamalarini yozishda ko’pgina qo’pol hatoga yo’l qo’yadi, xulosalar chiqara olmaydi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish, referat tayyorlash, ijodiy ishlash.         Konspekt va referat uchun materiallar to’plagan, lekin yozmagan. Vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni echa olmaydi.
0-30 Qoniqarsiz«2» Javob dasturning 20-30%ni tashkil qiladi, savollarga javob yo’q. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirmagan. Mavzu doir bilim bo’yicha tasav­vurga ega emas. Vaziyatli masalalarni echa olmaydi. Mashg’ulotda berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarmaydi.
Amaliy ko’nikmalarni  qisman egallagan, laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olmaydi,   reaksiyalarni qadamma-qadam bajara olmaydi,  reaksiyalar tenglamalarini yoza olmaydi, xulosalar chiqara olmaydi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o’zlashtirish va konspekt yozish, referat tayyorlash, ijodiy ishlash.         Konspekt va referat uchun materiallar to’planmagan, taxlil qilinmagan. Vaziyatli masalalar, krossvordlar, organayzerlarni echa olmaydi.

12.2. Talabaning mustaqil ishi O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug’i va oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug’i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to’g’risida  Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladi. (1-Ilova). Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

 

12.3. OB kafedra majlisining qarori bilan og’zaki o’tkaziladi. Savollar stendlarga osilib, talabalarga oraliq nazorat o’tkazilishidan 1 oy oldin ma’lum qilinadi. Oraliq baholash 3 savoldan tuzilgan biletlar yordamida o’tkaziladi.

OBda talaba tomonidan fanning bir necha mavzularni o’z ichiga olgan bo’limi yoki qismi bo’yicha bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi baholanadi.

Biologik kime fani bo’yicha OB o’quv yilida 2  marotaba (har semestrda – 1)  o’tilgan bo’limlar bo’yicha  o’tkaziladi. OBga o’quv mashg’ulotlaridan qarzi bo’lmagan talabalar qo’yiladi.

OB kafedra majlisining  qarori bilan og’zaki-so’rov yo’li bilan o’tkaziladi. Talaba  bilet tortadi, biletda 3 savol berilgan bo’lib, har bir savolga batafsil javob beradi, har bir savolga  minimal 55%dan  ball to’plashi lozim.  OB bo’yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to’plagan talaba YaBga qo’yilmaydi.

Oraliq nazoratni o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi va oraliq nazorat qayta o’tkaziladi. 

 Oraliq nazoratda baholash mezonlari: 

O’zlashtirish% Baho Talabaning bilim darajasi
96-100% A’lo “5” Biletda qo’yilgan barcha savollarga talabaning javobi to’liq, ishonch bilan javob beradi. Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish, puxta bilimga ega bo’lish, mustaqil va erkin fikrlash, fikrini to’liq va ravon nutq bilan ifodalay olish, mavzuni asoslashni va mustaqil xulosalar chiqarishni bilish, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini bilish. Formulalar va reaksiyalarni hatosiz yozish.  Javobida tibbiy kime, odam anatomiyasi, normal fiziologiya va gistologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi.
91-95% A’lo “5” Biletda qo’yilgan barcha savollarga talabaning javobi to’liq, ishonch bilan javob beradi. Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish, puxta bilimga ega bo’lish, mustaqil va erkin fikrlash, fikrini to’liq va ravon nutq bilan ifodalay olish, mavzuni asoslashni va mustaqil xulosalar chiqarishni bilish, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini bilish. Formulalar va reaksiyalarni  yozishda 1-2 ta kichik hatoga yo’l qo’yish. Vaziyatli masalani echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini asoslaydi. Javobida tibbiy kime, odam anatomiyasi, normal fiziologiya va gistologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa qila oladi.
86- 90% A’lo “5” Biletda qo’yilgan barcha savollarga talabaning javobi to’liq, ishonch bilan javob beradi. Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish, puxta bilimga ega bo’lish, mustaqil va erkin fikrlash, fikrini to’liq va ravon nutq bilan ifodalay olish, mavzuni asoslashni va mustaqil xulosalar chiqarishni bilish, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini bilish. Formulalar va reaksiyalarni  yozishda 2-3 ta kichik hatoga yo’l qo’yish.Vaziyatli masalani echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini asoslaydi. Javobida kimyo, odam anatomiyasi, normal fiziologiya va gistologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi.
81-85% Yaxshi “4” Biletda qo’yilgan savollarga talabaning javobi to’liq. Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish, puxta bilimga ega bo’lish, mavzuni asoslashni va mustaqil xulosalar chiqarishni bilish, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini to’liq bilmaslik. Formulalar va reaksiyalarni  yozishda 1-2 ta kichik hatoga yo’l qo’yish. Vaziyatli masalani echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi. Javobida kimyo, odam anatomiyasi, normal fiziologiya va gistologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi.
76-80% Yaxshi “4” Biletda qo’yilgan savollarga talabaning javobi to’liq, lekin assoslashda birmuncha qiynaladi. Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish, puxta bilimga ega bo’lish, mavzuni asoslashni va mustaqil xulosalar chiqarishni bilish, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini to’liq bilmaslik. Formulalar va reaksiyalarni  yozishda 2-3 ta kichik hatoga yo’l qo’yish. Vaziyatli masalani to’g’ri echadi, lekin asoslashda birmuncha qiynaladi. Javobida kimyo, odam anatomiyasi, normal fiziologiya va gistologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi.
71-75% Yaxshi “4” Biletda qo’yilgan savollarning 75-80%ga talaba to’liq javob beradi. Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish, puxta bilimga ega bo’lish, mavzuni asoslashni va mustaqil xulosalar chiqarishni bilish, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini to’liq bilmaslik. Formulalar va reaksiyalarni  yozishda 3-4 ta kichik hatoga yo’l qo’yish. Vaziyatli masalani echadi, lekin javobini asoslashda qiynaladi.
66-70% Qoniqarli“3” Biletda qo’yilgan savollarning 65-70%ga talaba javob beradi. To’qima va a’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi, funksiyasi va yoshga ko’ra xususiyatlarini ta’riflashda ayrim chalkashliklarga yo’l qo’yadi. Vaziyatli masalani echishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi.
61-65% Qoniqarli“3” Biletda qo’yilgan savollarning 60%ga talaba javob beradi. Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha  tasavvurga ega bo’lish, qoniqarli bilimga ega bo’lish, mavzuni asoslashni bilmaslik va mustaqil xulosalar chiqara olmaslik, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini to’liq bilmaslik. Formulalar va reaksiyalarni  yozishda 1-2 ta qo’pol hatoga yo’l qo’yish, vaziyatli masalani echishda xatoliklarga yo’l qo’yadi, javobini asoslay olmaydi.
55-60% Qoniqarli“3” Biokimyo faninig har bir mavzusi bo’yicha  tasavvurga ega bo’lish, qoniqarli bilimga ega bo’lish, mavzuni asoslashni bilmaslik va mustaqil xulosalar chiqara olmaslik, tibbiyotga tadbiqini bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlash. Reaksiya mexanizmlarini bilmaslik. Formulalar va reaksiyalarni  yozishda 3-4 ta qo’pol hatoga yo’l qo’yish, vaziyatli masalani echishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yadi.
54% va undan past Qoniqarsiz“2” Biokimyo faninig mavzulari bo’yicha  atroflicha tasavvurga ega bo’lish, qoniqarli bilimga ega bo’lmaslik, mavzuni asoslashni bilmaslik va mustaqil xulosalar chiqara olmaslik, tibbiyotga tadbiqini qisman bilish, amaliy misollar bilan tasdiqlay olmaslik. Reaksiya mexanizmlarini bilmaslik. Formulalar va reaksiyalarni  yoza olmaslik.

 

 12.4. YaBda talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaB fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tugaganidan so’ng 2 bosqichda:  kafedrada amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bajarilishi (OSI) va test markazida test sinovi shaklida o’tkaziladi.

JB, TMI va OBga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to’plagan talabaga YaBda ishtirok etish xuquqi beriladi.

Akademiya rektorining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda,  yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.

Biokimyo fani bo’yicha amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bajarilishi 3 bosqichda amalga oshadi, bilet tortilib: birinchi talaba yozma ravishda amaliy ko’nikmani yozib beradi, ikkinchi bosqichda amalda qadamma-qadam bajarib beradi va uchinchi bosqichda olgan natijalarni taxlilini og’zaki ravishda javob beradi. Har bir bosqichda kamida 55% ball to’plashi lozim, uch bosqichda olingan ball to’planib o’rtachasi hisoblab chiqiladi.

Biokimyo fani bo’yicha amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bajarilishini baholash mezonlari

Ball (%) Baho Talabaning bilim darajasi
96-100% A’lo “5” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni kadamma-kadam bosqichma-bosqich to’g’ri yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri tahlil qilgan. Amaliy ko’nikmani ahamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni to’g’ri asoslaydi. Tajribani o’z qo’li bilan bajarish, uning kimyoviy asoslarini reaksiya yordamida mustaqil tushuntirish, olingan natijalarni hisoblash, ko’rsatkichlar bilan solishtirish va tahlil qilish, tibbiyotda  qo’llanishini asoslash, xulosalar chiqarish.
91-95% A’lo “5” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni kadamma-kadam bosqichma-bosqich to’g’ri yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri taxlil qilgan. Amaliy ko’nikmani ahamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni to’g’ri asoslaydi. Tajribani o’z qo’li bilan bajarish, uning kimyoviy asoslarini reaksiya yordamida tushintirishda o’qituvchining yo’naltiruvchi savollaridan foydalanish, olingan natijalarni xisoblash, ko’rsatkichlar bilan solishtirish va taxlil qilish, tibbiyotda  qo’llanishini asoslash, xulosalar chiqarish.
86-90% A’lo “5” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bosqichma-bosqich to’g’ri yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri tahlil qilgan. Amaliy ko’nikmani axamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni to’g’ri asoslaydi. Tajribani o’z qo’li bilan bajarish, uning kimyoviy asoslarini reaksiya yordamida tushuntirishda o’qituvchining yo’naltiruvchi savollaridan foydalanish, reaksiya yozishda yoki olingan natijalarni hisoblashda kichik xatolikga yo’l qo’yish, ko’rsatkichlar bilan solishtirish va tahlil qilish, xulosalar chiqarish.
81-85% Yaxshi “4” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bosqichma-bosqich to’g’ri yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri taxlil qilgan. Amaliy ko’nikmani ahamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni to’g’ri asoslaydi. Tajribani o’z qo’li bilan bajarish, uning kimyoviy asoslarini reaksiya yordamida tushuntirishda o’qituvchi yordamidan foydalanish, reaksiya yozishda yoki olingan natijalarni xisoblashda bir nechta kichik hatoliklarga yo’l qo’yish, ko’rsatkichlar bilan solishtirish va taxlil qilish, xulosalar chiqarishda mustaqil fikr yuritadi.
76-80% Yaxshi “4” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bosqichma-bosqich to’g’ri yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri taxlil qilgan. Amaliy ko’nikmani aqamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni to’g’ri asoslaydi. Tajribani o’z qo’li bilan bajarish, uning kimyoviy asoslarini tushuntirishda va olingan natijalarni xisoblashda 1-2 ta kichik xatolarga yo’l qo’yish, ko’rsatkichlar bilan solishtirish va taxlil qilish, xulosalar chiqarishda mustaqil fikr yuritadi.
71-75% Yaxshi “4” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bosqichma-bosqich to’g’ri yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri taxlili to’liq emas. Amaliy ko’nikmani ahamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni to’g’ri asoslaydi. Tajribani o’z qo’li bilan bajarish, uning kimyoviy asoslarini tushuntirishda va olingan natijalarni hisoblashda 3-4 ta kichik xatolarga yo’l qo’yish, ko’rsatkichlar bilan solishtirish va taxlil qilish, xulosalar chiqarishda mustaqil fikr yuritadi.
66-70% Qoniqarli “3” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bosqichma-bosqich 1-2 xatolar bilan yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri taxlil qilgan. Amaliy ko’nikmani ahamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni to’g’ri asoslaydi. Tajribani o’qituvchi yordamida bajara olish. Idishlarni tanlashda va ishlatishda adashmaslik. Tajribani kimyoviy asoslarini tushuntirishda va olingan natijalarni hisoblashda bir nechta qo’pol xatolarga yo’l qo’yish, xulosalarni aniq  chiqara olmaslik, mustaqil fikr yuritadi.
61-65% Qoniqarli “3” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bosqichma-bosqich 2-3 xatolar bilan yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri taxlil qilgan. Amaliy ko’nikmani ahamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni asoslaydi. Tajribani o’qituvchi yordamida bajara oladi. Idishlarni tanlashda va ishlatishda adashish. Tajribani kimyoviy asoslarini tushuntirishda va olingan natijalarni hisoblashda ko’pgina qo’pol xatolarga yo’l qo’yish, xulosalarni aniq  chiqara olmaslik, mustaqil fikr yurita olmaslik.
55-60% Qoniqarli “3” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bosqichma-bosqich 2-3 qo’pol xatolar bilan yozgan, amalga oshiradi va olgan natijalarini to’g’ri taxlili qilgan. Amaliy ko’nikmani axamiyatini tushunadi, o’qituvchi so’ragan barcha savollarni xatolar bilan asoslaydi. Tajribani o’qituvchi yordamisiz bajara olmaslik. Idishlarni tanlashda va ishlatishda adashish. Tajribani kimyoviy asoslarini tushintirishni va olingan natijalarni xisoblashni faqat o’qituvchi yordamidagina bajarish, xulosalarni mustaqil  chiqara olmaslik, mustaqil fikr yurita olmaslik.
30- 54% Qoniqarsiz “2” Talaba berilgan amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam yozmagan, amalga oshirolmaydi va olgan natijalarini to’g’ri tahlil qilolmaydi. Amaliy ko’nikmani ahamiyatini tushunmaydi. Tajribani o’qituvchi yordamisiz bajara olmaslik. Kimyoviy idishlarni tanlashni va ishlatishni bilmaslik. Tajribani kimyoviy asoslarini tushunmaslik va olingan natijalarni hisoblashni faqat o’qituvchi yordamidagina bajarish, xulosalarni   chiqara olmaslik, mustaqil fikr yurita olmaslik.
  1. Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Rf q

bu erda:

V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda); –fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).

  1. Biologik kimyo fani bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan balning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi.

Joriy va oraliq nazoratlar va talaba mustaqil ishining har biriga ajratilgan ballning saralash bali 55 foizdan ortiq ball to’plagan barcha talabalar ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

Agar talaba yakuniy nazoratda shu nazorat turi bo’yicha saralash balidan yuqori ball to’plasa, bu ball joriy va oraliq nazoratlarda to’plangan ballarga qo’shiladi.

  1. Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan (JB, OB, YaB) belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
  1. BAHOLASH TURLARINI O’TKAZISH MUDDATI 
  1. Oraliq va yakuniy baholash turlari kalendar-tematik rejaga muvofiq o’quv-uslubiy bo’lim tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
  2. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.

Belgilangan muddatlarda topshirilmagan joriy va oraliq nazorat ballari keyingi baholash ballariga qo’shilmaydi va qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.

  1. Uch va undan ortiq sababsiz qoldirilgan mashg’ulotlar Koordinatsion kengash ruxsatnomasi asosida kafedra mudiri tomonidan qabul qilinadi.
  2. Qoldirilgan amaliy mashg’ulotlarni qayta topshirish bali 0,8 koeffitsient bilan aniqlanadi va o’qituvchi jurnalida qayd qilinadi.

Har bir qoldirilgan ma’ruza mashg’uloti uchun agar u qayta topshirilsa, o’rtacha JBdan 3 balldan, agar qayta topshirilmasa 5 balldan olib tashlanadi;

Talabaning qoldirgan mashg’ulotlarni qayta topshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar kafedrada bir yil davomida saqlanadi;

  1. YaB ikki bosqichda o’tkaziladigan fanlar bo’yicha talaba YaBning har bir bosqichi (OSKI yoki amaliy ko’nikmalarni nazorat qilish va test)da 55%dan kam ball to’plamasligi kerak.
  2. Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida semestrning yakunida topshirishga ruxsat beriladi.
  3. Semestr yakunida 1ta va undan ko’p fan bo’yicha joriy, oraliq, yakuniy yoki TMI baholash turlarini har biri bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan talabaning o’zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun 2 hafta muhlat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

  1. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan uch a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.

  1. Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.
  1. REYTING NATIJALARINI QAYD QILISH VA TAHLIL ETISH TARTIBI 
  1. Talabaning biologik kimyo fani bo’yicha nazorat turlarida to’plagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “O’quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklama soatlari (auditoriyaQmustaqil ish soatlari), “O’zlashtirish darajasi” ustuniga – 100 ballik tizimdagi o’zlashtirishi qo’yiladi, “reyting bali” ustiniga umumiy soatlardan qanchasi o’zlashtirilgani qo’yiladi.

Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.

  1. Biologik kimyo fani bo’yicha o’tkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh va professor-o’qituvchi jurnallari hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning o’zida talabalar e’tiboriga etkaziladi.
  2. Yakuniy nazorat natijalariga ko’ra kafedra talabalarning fan bo’yicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini to’ldiradi.
  3. Talabaning reytingi uning bilimi, ko’nikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) bo’yicha umumiy reytingi barcha fanlardan to’plangan reyting ballari yig’indisi orqali aniqlanadi.
  4. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va o’quv yili yakunlangandan so’ng e’lon qilinadi.
  5. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan bo’lsa, reytinglar yig’indisi olinadi.
  6. Talabalarning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda erishgan va tegishli hujjatlar (guruh jurnali, o’qituvchining shaxsiy jurnali, reyting qaydnomasi)da qayd etilgan o’zlashtirish ko’rsatkichlari dekanatlar va o’quv-metodik boshqarmalarida kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.
  7. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yig’ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

TALABANI FAN BO’YIChA  ATTESTATSIYaDAN

O’TKAZISh TARTIBI

 

JB (7 ta dars) kq0,5 JB o’rtacha qiymati  – (65Q73Q78Q80Q67Q70Q75)G’7q72,6JB bali – 72,6 * 0,5q36,3 ball
OBkq0,2 Og’zaki  q 79*0,2q15,8 ball
YaBkq0,3 OSKI QTest (85Q83)G’2  q 84*0,3 q 25,2 ball
Fandan to’plangan ball JBQOBQYaB q37Q15,8Q25,2 q 78 ball

Talaba reytingi: RqVxOG’100 q 80x78G’100 q 62,4

Fan bo’yicha reyting daftarchasini rasmiylashtirish tartibi

Fan nomi Umumiy soat O’zlashtirish darajasi Reyting O’qituvchining F.I.Sh. Sana Imzo
1 Biologik kimyo 180 78 140,8 Kulmanova M.U. 7.05.12  

 YAKUNIY QOIDALAR

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.
  2. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha kelib chiqqan nizolar qonun hujjatlari asosida hal qilinadi.

Bioorganik va biologik kimyo

kafedrasining mudiri, dotsent                                               Kulmanova M.U.

O’quv ishlari bo’yicha javobgar                                             Muydinov O.X.




  ОЛИЙ ВА ЎРТА-МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ ТИББИЁТ АКАДЕМИЯСИ

ТИББИЙ ВА БИОЛОГИК КИМЕ КАФЕДРАСИ

 

   

БИОЛОГИК КИМЕ ФАНИДАН

СИЛЛАБУС 

ОТМнинг номи ва жойлашган манзили: Тошкент Тиббиёт  Академияси Фаробий, 2
Кафедра: Тиббий ва биологик киме 3 ўқув биноси 3 қават
Таълим соҳаси ва йўналиши: 550000 – “Соғлиқни сақлаш ва ижтимоий таъминот” таълим соҳаси 5111000- Касб таълими5510100 – Даволаш иши5510300-Тиббий профилактика иши
Фанни (курсни) олиб борадиган ўқитувчи тўғрисида маълумот: Кульманова Муножат Усмановна, т.ф.н., доцент, кафедра мудири e-mail:munojat.kulmanova@ mail.ru Umail.uz:ttamunojat@inbox.uzmunojat.kulmanova@ umail.uz

 

munojat.kulmanova@ tma.uz

 

Дарс вақти ва жойи: Дарс жадвал асосида кафедрада КурснингДавомийлиги: 3-4 семестр
Индивидуал график асосида ишлаш вақти: Душанба, пайшанба ва шанба кунлари 14.00 дан 18.00 гача
Фанга ажратилган соатлар Аудитория соатлари Мустақил таълим 135
Маъруза 36 Амалиет 135
Фаннинг бошқа фанлар билан боғлиқлиги (пре- ва постреквизит-лари): -Биологик кимё фани тиббий киме, биофизика, одам анатомияси, гистология, эмбриология ҳамда нормал физиология фанларидан олган билимларига асосланади.-Ушбу фан патологик физиология, патологик анатомия, фармакология, терапия, хирургия, урология, акушерлик-гинекология, неврология ва  бошқа  клиник  йўналишдаги фанларни ўзлаштириш учун асос бўлади
                 

 Фаннинг долзарблиги ва қисқача мазмуни:

Олий таълимнинг Давлат таълим стандартига кўра “Педагогика” ва “Соғлиқни сақлаш” таълим соҳаларида ўқитиладиган биологик кимё фани умумий ва хусусий биокимё бўлимларидан ташкил топган.  Ушбу дастур тирик организмлар таркибига кирувчи моддалар кимёвий таркибини, уларнинг ўзгаришини, шунингдек бу ўзгаришларнинг аъзо ва тўқималар фаолияти билан боғлиқлигини ўрганувчи фан бўлиб, талабаларда мутахассисликка оид тафаккур ва дунёқарашни шакллантиришда катта аҳамиятга эга ҳамда бўлғуси умумий амалиёт врачларида клиник фикрлаш, касаллик ва унинг белгиларини асослаш учун замин яратиб беради.

Фанни ўқитишдан мақсад

Биокимёнинг ҳозирги кун ютуқлари асосида талабаларда материалистик дунёқарашни шакллантириш; талабаларни умумназарий билим комплексига ўргатиш: тирик организмнинг кимёвий таркиби ва бутун организмнинг фаолият кўрсатиш жараёнида меёрда ва патологик ҳолларда аъзо, хужайра ва молекуляр босқичларда вужудга келадиган ўзгаришлар.

Фаннинг вазифаси

  • амалий шифокор фаолиятига йўналтирилган мутахассис тайёрлаш даврида мазкур дастур ўзида фаннинг статистик қисми бўйича маълумотларни интеграция қилиши, организмда паст ва юқори молекулали бирикмаларнинг турли хил динамик ўзгаришлари ҳақида маълумотлар бериши зарур.
  • клиник-ташхис лабораторияларда кенг ўтказиладиган лаборатор текширув натижаларини тўғри тахлил этиш мақсадида талабаларнинг билимларга эга бўлишини таъминлаш.
  • бўлажак мутахассисни шифокор учун жуда зарур одам физиологик вазифаларининг молекуляр асослари, касалликлар патогенезининг молекуляр механизмлари (молекуляр ва ирсий патология), касалликларининг олдини олиш ва даволашнинг биокимёвий асослари, касалликларни ташхис килиш ва даволаш самарадорлигини назорат қилишни ўргатиш.
  • тахлилнинг физик-кимёвий усуллари ёрдамида in vivo ва in vitro жараёнларни ўрганиш; атроф муҳитни ифлослантириш билан аҳоли соғлиғининг боғлиқлигини аниқлаш.

Талабалар учун талаблар

ўқитувчига ва гуруҳдошларга нисбатан ҳурмат билан муносабатда бўлиш;

– ТТА  ички тартиб – интизом қоидаларига риоя қилиш;

– уяли телефонни дарс давомида ўчириш;

– берилган уй вазифаси ва мустақил иш топшириқларини ўз вақтида ва сифатли бажариш;

– дарсларга қатнашиш мажбурий ҳисобланади, дарс қолдирилган ҳолатда қолдирилган дарслар қайта ўзлаштирилиши шарт;

–  дарсларга олдиндан тайёрланиб келиш ва фаол иштирок этиш;

–  талаба ўқитувчидан сўнг, дарс хонасига – машғулотга  киритилмайди;

– талаба рейтинг баллидан норози бўлса  эълон қилинган вақтдан бошлаб 1 кун мобайнида апелляция комиссиясига мурожат қилиши мумкин

Электрон почта орқали муносабатлар тартиби

Профессор-ўқитувчи ва талаба ўртасидаги алоқа электрон почта орқали ҳам амалга оширилиши мумкин, телефон орқали баҳо масаласи муҳокама қилинмайди, баҳолаш фақатгина университет ҳудудида, ажратилган хоналарда ва дарс давомида амалга оширилади.  Электрон почтани очиш вақти соат 15.00 дан 20.00 гача.

Фан мавзулари ва унга ажратилган соатлар тақсимоти:

Мавзулар номи

Жами соат

Маъ-руза

Ама-лий машғу-лот

Лабора-ториямашғу-лоти Мустақил таълим
ДаволашКасб таълими Тиббий профилактика ДаволашКасб таълими Тиббий профилактика
1 Оқсилларнинг қурилиши, хусусиятлари ва вазифалари.Оқсиллар функцияларининг уларнинг фазовий қурилишига боғлиқлиги.  Оқсилларнинг физик ва кимёвий хусусиятлари. 26 26 2 12   12 12
2 Нуклеин кислоталарнинг қурилиши.Нуклеин кислоталар биосинтези. 18 20 2 8   8 10
3 Оқсил биосинтези. 10 12 2 4   4 6
4 Ферментларнинг биологик катализатор сифатида ўзига хослик хусусиятларини ўрганиш. Ферментлар фаоллигининг бошқарилиши, клиник энзимология. 18 18 2 8   8 8
5 Витаминлар, уларнинг таснифи, биологик ахамияти. Ёғда эрувчи витаминлар. Сувда эрувчи витаминлар. 18 18 2 8   8 8
6 Моддалар алмашинуви, биомембраналар. 10 10 2 4   4 4
7 Биологик оксидланиш.Оксидланишли фосфорилланиш. Биологик оксидланишни бошқарилиши. 18 22 2 8   8 12
8 Катаболизмнинг умумий йўллари. 8 12 4   4 8
9 Карбонсувлар алмашинуви. Карбонсувлар ҳазмланиши.Гликолиз ва гликогенолизнинг аҳамияти. Глюкоза биосинтези. Гликолиз ва глюконеогенезнинг бошқарилиши. Фруктоза ва галактоза алмашинуви. Углеводлар алмашинувининг гормонал бошқарилиши. Пентозофосфат йўлининг аҳамияти. Гликопротеин ва протеогликанлар. 28 32 4 8 4 12 16
10 Липидлар алмашинуви ва вазифалари. Липидларнинг ҳазмланиши, сўрилиши ва ташилиши.Липидларнинг оралиқ алмашинуви.Фосфолипидлар ва стероидлар алмашинуви.Липидлар алмашинувининг бошқарилиши ва бузилиши. 36 36 4 12 4 16 16
11 Оқсиллар алмашинуви. Оқсилларнинг ҳазмланиши ва сўрилиши.Аминокислоталар алмашинувининг умумий йўллари.Биоген аминларнинг ҳосил бўлиш йўллари. Аммиакнинг ҳосил бўлиши ва унинг зарарсизлантирилиш йўллари. Алоҳида аминокислоталар алмашинуви. 36 36 4 8 8 16 16
12 Нуклеотидлар  алмашинуви. 10 12 2 4   4 6
13 Оқсиллар, карбонсувлар ва липидлар алмашинувининг ўзаро боғлиқлиги. 8 8 4   4 4
14 Моддалар алмашинуви ва функцияларининг гормонлар ёрдамида бошқарилиши. 18 18 2 8   8 8
15 Қон биокимёси. 14 14 2 6   6 6
16 Жигар биокимеси. 8 8 2 3   3 3
17 Сийдик биокимеси. 8 8 4 4 4
18 Мушак биокимеси. Бириктирувчи тўқима биокимёси. 14 14 2 6   6 6
  жами 306 324 36 115 20 135 153

Амалий кўникмалар рўйхати

  1. 1. Қонда глюкоза миқдорини О-толуидин усулида аниқлаш.
  2. Ильк усулида холестеринни аниқлаш.
  3. Сийдикда сийдикчил миқдорини аниқлаш.
  4. Қон ва сийдик патологик таркибий қисмларини тест таёқчалар ёрдамида аниқлаш.
  5. Сийдик нормал ва патологик таркибий қисмларини аниқлаш.

А) сийдик зичлигини аниқлаш

Б) оқсилга сифат реакцияси

6.Сўлак амилазаси фаоллигини аниқлаш.

7. Ошқзон шираси кислоталигини аниқлаш.

а. Ошқозон шираси таркибидаги боғланмаган НСI ни аниқлаш (1 усул).

б. Ошқозон шираси таркибидаги боғланмаган НСI ни аниқлаш (2 усул).

  1. Ошқозон шираси патологик таркибий қисмларини аниқлаш.

а. Ошқозон ширасида қонни аниқлаш

б.Ошқозон ширасида сут кислотасини аниқлаш.

9.Қондаги аминоферазалар фаоллигини аниқлаш (био-тест усулида)

 Талабалар билимини баҳолаш тизими:

Талабаларнинг фан бўйича ўзлаштириш даражасининг Давлат таълим стандартларига мувофиқлигини таъминлаш учун қуйидаги назорат турлари ўтказилади:

– жорий бахолаш (ЖБ);

– талаба мустақил иши (ТМИ);

– оралиқ баҳолаш (ОБ);

– якуний баҳолаш (ЯБ)

Фан бўйича талабанинг семестр (ўқув йили) давомидаги ўзлаштириш кўрсаткичи 100 баллик тизимда баҳоланади.

Ушбу 100 балл баҳолаш турлари бўйича қуйидагича тақсимланади:

Бахолаш тури Максимал балл Коэффициент Саралаш бали
1. Аудиториядаги ўқув машғулотларни бахолаш+ТМИ 50 0,5 27,5
2. Оралиқ баҳолаш 20 0,2 11,0
3. Якуний баҳолаш 30 0,3 16,5
  ЖАМИ 100 1 55,0

Талабалар билимини қуйидаги мезонлар инобатга олинади:

ЖОРИЙ  БАҲОЛАШ

Машғулот мавзуси бўйича талабанинг жавоби тўлиқ, турли манбалардан олинган қўшимча маълумотларга бой,  билим ҳажми дастур доирасидан чиқади. Дастурда тавсия этилган асосий адабиётларни тўлиқ ўзлаштирган ва қўшимча адабиётлар билан таниш. Машғулотда берилган вазифаларни ўз вақтида, сифатли бажаради. Вазиятли масалаларни ечишда ижодий фикрлайди, аниқ жавоб беради ва жавобини мантиқан асослайди. Мавзу муҳокамаси, мунозараларда фаол қатнашади, ўз фикрини ҳимоя қила билади. Мавзу бўйича органик ва анорганик киме, одам анатомияси, нормал физиология ва гистология фанларидан олган билимларини умумлаштиради, мустақил хулоса ва қарор қабул қила олади. Интерактив ўйинларда фаол ва ижодий қатнашади.

Амалий кўникмаларни тўлиқ эгалла­ган, эксперимент ишларини бажаришда, олган назарий билимларини қўллайди, реакцияларни қадамма-қадам тўғри бажаради,  реакциялар тенгламаларини тўғри ва ҳатосиз ёзади, асослайди ва тўғри хулосалар чиқаради.

Мустақил иш шакли: мавзуни мустақил ўзлаштириш, реферат, илмий мақола, тезислар ва маърузалар тайёрлаш.        

Мавзуни мустақил ўзлаштириш ва конспект ёзиш. Конспект мантиқий тузилган ва мавзунинг барча саволларини ҳар томонлама тўлиқ камраб олган, мавзу тизимли баён қилинган, фойдаланилган асосий адабиётлар ва ахборот манбалари кўрсатилган.

      Реферат тайёрлаш. Талаба асосий  адабиётлардан ташқари қўшимча адабиётлардан (монографиялар, илмий, услубий мақолалар, Интернетдан олинган маълумотлар, электрон кутубхона материаллари ва ҳ.к.) фойдаланиб материаллар йиғган, таҳлил қилган, тизимга солган. Реферат мавзуси ҳар томонлама ва тўлиқ очиб берилган, матн мантиқий кетма-кетликда ифодаланган, тўғри ҳулоса чиқарилган ва ижодий фикрлар мавжуд.

       Ижодий ишлаш. Машғулотда берилган вазиятли масалалар, кроссвордлар, органайзерларни тўғри ечган, уларни ечишда ижодий ёндошган, жавоб асосланган. Жадваллар тўғри тўлиқ тўлдирилган.

       Илмий мақола, тезислар ва маърузалар тайёрлаш:      

Талаба ТИЖда мустақил тажрибалар олиб борган ва олинган натижаларни алоҳида қайд этган, статистик ишловдан ўтказган ва ушбу тадқиқот иши бўйича мустақил, аниқ, мантиқий асосланган саводли хулосалар чиқарган. Талаба ўқув адабиётлари, илмий-тадқиқот ишлари, диссертациялар, мақола ва монографиялар ҳамда бошқа ахборот манбаларидан мавзуга тегишли материаллар тўплаган, таҳлил қилган, тизимлаштирган. Тайёрлаган мақола, тезис ёки маърузаси талабанинг тажрибада олган илмий натижалари ва адабиёт маълумотлари тахлилига асосланган.

 

ОРАЛИҚ БАҲОЛАШ

ОБда талаба томонидан фаннинг бир неча мавзуларни ўз ичига олган бўлими ёки қисми бўйича билим ва амалий кўникмаларни ўзлаштириш даражаси баҳоланади.

Биологик киме фани бўйича ОБ ўқув йилида 2  маротаба (ҳар семестрда – 1)  ўтилган бўлимлар бўйича  ўтказилади. ОБга ўқув машғулотларидан қарзи бўлмаган талабалар қўйилади.

ОБ кафедра мажлисининг  қарори билан оғзаки-сўров, талаба  билет тортади, билетда 3 савол берилган бўлиб, ҳар бир саволга батафсил жавоб беради, ҳар бир саволга  минимал 55%дан  балл тўплаши лозим.  ОБ бўйича белгиланган максимал рейтинг балининг 55%дан кам балл тўплаган талаба ЯБга қўйилмайди.

Оралиқ назоратни ўтказиш жараёни кафедра мудири томонидан тузилган комиссия иштирокида даврий равишда ўрганиб борилади ва уни ўтказиш тартиблари бузилган ҳолларда оралиқ назорат натижалари бекор қилинади ва оралиқ назорат қайта ўтказилади.

ЯКУНИЙ БАҲОЛАШ

ЯБда талабанинг билим, кўникма ва малакалари фаннинг умумий мазмуни доирасида баҳоланади. ЯБ фан бўйича ўқув машғулотлари тугаганидан сўнг 2 босқичда:  кафедрада амалий кўникмаларни қадамма-қадам бажарилиши (ОСИ) ва тест марказида тест синови шаклида ўтказилади.

ЖБ, ТМИ ва ОБга ажратилган умумий балларнинг ҳар биридан саралаш балини тўплаган талабага ЯБда иштирок этиш хуқуқи берилади.

Академия ректорининг буйруғи билан ички назорат ва мониторинг бўлими раҳбарлигида тузилган комиссия иштирокида якуний назоратни ўтказиш жараёни даврий равишда ўрганиб борилади ва уни ўтказиш тартиблари бузилган ҳолларда,  якуний назорат натижалари бекор қилинади ва якуний назорат қайта ўтказилади.

Биокимё фани бўйича амалий кўникмаларни кадамма-кадам бажарилиши 3 босқичда амалга ошади, билет тортилиб: биринчи талаба ёзма равишда амалий кўникмани езиб беради, иккинчи босқичда амалда қадамма-қадам бажариб беради ва учинчи босқичда олган натижаларни тахлилини оғзаки равишда жавоб беради. Ҳар бир босқичда камида 55% балл тўплаши лозим, уч босқичда олинган балл тўпланиб ўртачаси ҳисоблаб чиқилади.

Тавсия этилган адабиётлар рўйхати

Асосий адабиётлар

1. Биологик химия. Николаев А.Я. Т.:Ибн сино1991
2. Biologik kimyo. Sobirova R.A. T.:Yangi asr avlodi,2006
3. Биологическая химия. Березов Т.Т. М.:Медицина 1990
4. Биохимиядан амалий машғулотлар. Султонов Г. Т.:Ибн сино 1995
5. Biokimyodan amaliy mashg’ulotlar. Sultonov R va boshq. T.:Yangi asr avlodi 2006
6. Руководство к практическим занятиям по биологической химии. Алейникова Т.Л. И др. М.:Высшая школа 1988.

Қўшимча адабиётлар 

1. Биохимия (1,2,3 том). Ленинджер А.1988
2. Биохимия  Е.С.Северин, 2009
3. Биологическая химия. Березов Т.Т. М.:Медицина 2004
4. Biologik kimyo. Labaratoriya amaliyoti. Obidov O.O.va boshq. T.:Exstremum pres, 2010
5. Ткачук В.А. Клиническая биохимия, 2004. Гэотар-Медиа.
6. Biochemistry. Kent E. Vrana. Philadelphia, 1998
7. Biochemistry and disease. Robert  M. Cohn, Karl S. Roth. Williams & Wilking, 1998
8. Маршалл В.Дж. Клиническая биохимия, 2002.
9. Северин Е.С., Николаев А.Я. Биохимия. Краткий курс с упражнениями и задачами, 2005.
10. Биохимия человека. Том1,2. Л.  Марри и др. 1993
11. Биологическая химия, А.Я.Николаев, 2004
12. Clinical Biochemistry Made Ridiculously Simple
13. Color_Atlas_of_Biochemistry_(Thieme,2006)(ISBN_1588902471)(476s)
14. Ganong’s Review of Medical Physiology – 23rd Ed
15. Биологическая химия Строев Е.А., 1986
16. Клиническая биохимия (Цыганенко и др., 2002)
17. Murray Granner Mayes Rodwell – Harper’s illustrated biochemi, 1998
18. Lippincott Illustarted Review Biochemistry Ed 3
19. Lehninger Principles of Biochemistry 5th Fifth Edition 2008
20. Bhagavan Medical Biochemistry 2001

 Интернет сайтлари

  1. http://www.bioximia.narod.ru/
  2. http://www. biochemistry.org.com/
  3. http://biochemistry.org/
  4. http://annualreviews.org/journal/biochem
  5. http://biomedcentral.com/bmcbiochem
  6. http://bioch.ox.ac.uk .com/
  7. http://www.themedicalbiochemistryorg.com/
  8. http://bioc.cam.ac.uk.com/
  9. http://journals.elsevier.com/process-biochemistry.com/
  10. http://biochemistry.utoronto.ca.com/
  11. http://otago.ac.nz.com/
  12. http://biochem.wisc.edu.com/
  13. http://biochemistry.vcu.edu.com/
  14. http://biochem.dal.ca.com/
  15. http://biochem.mpg.de/en.com/
  16. http://biochem.emory.edu com/
  17. http://biochemistry.ru/biohimija.com/