Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi
1920-yilda tashkil qilingan
1919-yilda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan.
Turkiston davlat universiteti tibbiyot fakulteti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasiga birinchi bo‘lib rahbar etib (1920-1924yy) Andrey Vasilevich Blagoveshchenskiy tayinlangan. U o‘zining “Evolyutsiya jarayonining yo‘nalishi masalasi bo‘yicha” yaratgan asarida tirik organizmlar evolyutsiyasi masalalarini biokimyo va termodinamika nuqtai nazaridan yoritib bergan.
1927-1932 yy. kafedraga Rudolf Genrixovich Engelyand rahbarlik qilgan. Berlin universitetini tamomlagan. Mushak ekstrafaol moddalari, elastinning gidrolitik mahsulotlari, ko‘z funksional assimmetriyasini aniqlash usullariga bag‘ishlangan 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
1932-1934 yy. kafedraga kimyo fanlari nomzodi, dotsent Djabbar Sattar (1905-1937) rahbarlik qilgan. 1930 yili Berlin universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. 1930 yilda unga kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. Kimyo bo‘yicha darsliklarni nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan hamda nemischa-ruscha va nemischa-o‘zbekcha kimyoviy lug‘atlari muallifi. 1935-1937 yillari noorganik kimyo kafedrasi mudiri bo‘lgan.
1934-1937 yy. kafedraga Anna Nikolaevna Adova (1880-1950) rahbarlik qilgan. 1919 yilda Moskva universiteti tibbiyot fakultetini tamomlagan. Oqsillar, fermentlar, gormonlar, ekstrafaol moddalar biokimyosi va kimyoviy davolash bo‘yicha 106 ta ilmiy ishlar muallifi.
1937-1957 yy. kafedraga Aleksandr Semenovich Volinskiy (1998-1979) rahbarlik qilgan. Biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 1923 yilda Don davlat universitetining (Rostov-na Donu) tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1967-1971 yillari bioximiya kafedrasi mudiri, u tomonidan turli kasalliklarda klinik-biokimyoviy tekshirishlar, qon va a’zolar konservatsiyasi muammolariga bag‘ishlangan 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Professor Vol’nskiy A.S. rahbarligida kafedrada ishqoriy metallar tuzlari yordamida qon zardobi oqsillarini differensiatsiya qilish, immun zardoblar va antitelalarni tozalash bo‘yicha tekshirishlar olib borilgan, elektroforetik usulda gamma-globulinlarni ajratish ishlab chiqilgan. U tomonidan tibbiy amaliyot uchun muhim bo‘lgan qonni sitrat-magneziy usulida konservatsiyalash, tuzli analgeziya, qon individual oqsillarini standartlashtirish usullari, yangi izotop usuliga bag‘ishlangan 15 ta tavsiyalar ishlab chiqilgan va qon oqsillarini hayot davomida denaturatsiyasi bo‘yicha yangi testlar ishlab chiqilgan. 2 ta mualliflik guvohnomasiga ega (termoelektroforezni konstruksiyalash va FSG ni ajratish). Turli medallar bilan mukofotlangan.
1967-1991 yillari Kamal Xadjievich Xadjiev (1924-1991) kafedraga mudirlik qilgan. Biologiya fanlari doktori, professor, Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 1949 yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. 1953 y. nomzodlik, 1963 y. doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hazm tizimi, Yurak-qon tomir tizimi a’zolari klinik biokimyosiga bag‘ishlangan 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Kafedrada o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarni tashkillashtirishga katta hissa qo‘shgan. Ular tomonidan 6 ta doktorlik va 40 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlangan. 1992 yilda Toshkent shahrini ko‘chalaridan biri ular nomi bilan nomlandi.
1971 yilda noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi organik kimyo kafedrasi bilan birlashtirilib, tibbiy kimyo kafedrasi deb nomlandi va uni professor Anatoliy Ivanovich Nikolaev boshqardi. 1972 yilda tibbiy kimyo kafedrasi yana ikkita mustaqil kafedraga bo‘lindi: noorganik kimyo kafedrasi va organik, fizkolloid kafedrasiga. Noorganik kimyo kafedrasini dotsent M.K. Alyaviya, organik va fizkolloid kimyo kafedrasini dotsent A.G. Maxsumov 1972 yildan 1975 yilgacha, so‘ngra 1990 yilgacha boshqardi.
Kimyo fanlari nomzodi, dotsent Marfuaxon Kudratullaxanovna Alyaviya (1921 y) kafedrani 1966-1975 yillar boshqardi. U 1943 yil O‘rta Osiyo industrial institutining kimyo-texnologiya fakultetini tamomlagan. Asosiy ilmiy yo‘nalishi – hayot uchun muhim mikroelementlarning biologik faol moddalar bilan yangi kompleks birikmalarini sintez qilish va fizik-kimyoviy va tibbiy-biologik xususiyatlarini o‘rganish. 100ga yaqin ilmiy ishlar muallifi.
1964 yilda M.K.Alyaviya o‘zbek tiliga «Качественный химический полумикроанализ» kitobini tarjima qilgan. Uning rahbarligida 2 nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
Kimyo fanlari doktori, professor Abduxamid Gafurovich Maxsumov (1936 y) 1972 yildan kafedrani boshqardi. 1959 yilda Toshkent politexnika instituti kimyo-texnologiya fakultetini tamomlagan. 1964 yilda nomzodlik, 1984 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 800 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 267 ixtiro va patentlar muallifi bo‘lib, ular antimikrob, antiqo‘ziqorin, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va boshqa xususiyatli propargil efirlar asosidagi dori preparatlar sinteziga bag‘ishlangan. 5 fan doktori va 33 fan nomzodlarini tayyorlagan.
Stalina Solixovna Qosimova (1936 y) 1959 yilda O‘rta Osiyo politexnika instituti kimyo-texnologiya fakultetini tamomlab, 1964 yilda Leningrad silikatlar kimyosi Institutida nomzodlik, 1975 yilda S.I.Vavilov nomli Leningrad Davlat optika institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Asosiy ilmiy yo‘nalishi – turli xil shishasimon sistemalarning fizik-kimyosini o‘rganish, nanotexnologiyalar. Kasыmova S.S. 16 monografiya va darsliklar, 12 ta patent, 460 ta ilmiy ishlarning muallifi. 2 ta fan doktori, 15 ta fan nomzodlarini tayyorlagan. 1975 yildan 1992 yilgacha anorganik va fizkolloid kimyo kafedrasining mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 1992 yildan 2013 yilgacha bioorganik va biologik kimyo, keyingi vaqtda tibbiy va biologik kimyo kafedrasida professor lavozimida ishlagan. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.
1992-1997 yillar kimyo kafedrasi bioorganik va bionoorganik kimyo kafedrasi tarkibiga kirgan, 1997-1999 yillar esa – farmakologiya kafedrasi tarkibida bo‘lgan.
1999 yilda biokimyo kafedrasi Birinchi ToshDavTI da aloxida kafedra bo‘lib tiklandi va unga kafedra mudiri bo‘lib biologiya fanlari doktori, professor Abdugofir Axatovich Xojimetov ( 1948 y) saylandi. U 1970 yil Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, 1982 yil nomzodlik va 1992 yil doktorlik dissertatsiyasini yoklagan. 1999 yildan 2005 yilgacha Birinchi ToshDavTI biokimyo kafedrasi mudiri bo‘lib, 2005 yildan 2015 yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi kimyo va biologik kimyo kafedrasi mudiri lavozimida xizmat qilgan. Professor Xojimetov A.A. 250dan ortiq ilmiy maqola chop etgan, uning asosiy ilmiy yo‘nalishi turli kasalliklarni kelib chiqish sabablari, ularni tashxis uslublari va oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Uning rahbarligida 5 fan doktori va 15dan ortik. Hozirda kafedra Toshkent Davlat stomatologiya instituti tibbiy va biologik kimyo kafedrasi deb nomlanadi.
Ikkinchi ToshDavTI tarkibida bioximiya kafedrasini 1988 yildan 2002 yilgacha tibbiyot fanlari doktori, professor Obid Abrorovich Abrarov boshqardi. Uning ilmiy yo‘nalishi meyorda va turli patologik holatlarda lipidlar va lipovitaminlar almashinuvini o‘rganishga bag‘ishlangan.
2002 yildan 2012 yilgacha kafedrani prof. Rixsi Abduqodirovna Sabirova boshqardi. R.A.Sabirovaning ilmiy faoliyati turli patologik holatlarda, ayniqsa qandli diabet, pankreatit va ateroskleroz kasalliklarida organizm membrana qurilmalarining struktur-funksional o‘zgarishlarining o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, hamda oksidant va antioksidant tizimlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Olima 8ta fan nomzodi, 1 ta fan doktori va ko‘plab magistrlar tayyorladi. U 2 ta monografiya, 8 ta darslik, 240 ilmiy maqola, 20 o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 7 patent muallifidir. Sabirova R.A. 1997-2002 yillar davomida TTA ilmiy Kengashining ilmiy kotibasi lavozimida keng ko‘lamda ilmiy-tashkilotchilik va jamoat ishlarini ham olib bordi. 6 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi OAKida tibbiy-biologik fanlar bo‘yicha ekspert hayati raisi vazifasini bajardi. Xozirgi kunda terapevtik ekspert kengashi a’zosidir. “TTA Axborotnomasi”, “Uzbek medical journal” taxririyati a’zosidir.
2010-2013 yillar davomida kafedra biofizika va informatika kafedrasi bilan qo‘shildi va bioorganik va biologik kimyo, biofizika va informatika kafdrasi deb nomlandi.
2012 yildan 2021 yilgacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, dotsent Munojat Usmanovna Kulmanova boshqardi. U 2001 yilda Ikkinchi Toshkent Davlat Tibbiyot instituti tibbiy-profilaktika fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2005-2007 yillar Toshkent Tibbiyot Akademiyasida “Klinik-laboratoriya tashxisi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tugatgan. 2010 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2015 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 50dan ortiq ilmiy maqola, 5 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 1 monografiya muallifi. 3 ta fan nomzodini tayyorlagan, 5 ta magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan.
2021 yildan hozirgi davrgacha kafedrani falsafa doktori (PhD) Tursunov Djaxangir Xusanovich boshqarmoqda. U 2011 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy profilaktika fakultetini tamomlagan. 2012-2013 yillarda “Tibbiy bioximiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada taxsil olgan. 2019 yilda u “Eksperimental qandli diabet rivojlanishiga ekdisten ta’sirining molekulyar-hujayraviy mexanizmi” mavzusida dissertatsiya ishini ximoya qilgan. 1 monografiya va 50 dan ortik ilmiy ishlar muallifidir xamda 5 ta magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan. “Jahon tibbiyoti oynasi” referativ jurnalining taxririyati a’zosidir.
Hozirgi vaqtda kafedrada 26 xodim faoliyat olib bormoqda. Ulardan professorlar: R.A.Sabirova, F.X.Inoyatova, S.M.Masharipov, dotsentlar: N.X. Muxamedova, X.S.Tadjieva, M.P.Alimuxamedova, A.T.Ergashov, D.M.Azizova, katta o‘qituvchilar: X.S.Yusupxodjaeva, Z.I.Galieva, O.X.Muydinov, M.S.Xayitov, A.A.Omonov, M.A.Qurbonova, M.T.Abdullaeva Y.T.Yunusxo‘ja, assistentlar: N.M.Karimova, G.N.To‘raeva, I.M,Tojiboeva, L.U.Alimbekova, A.X.Aslanova, M.A.Shаtursunova, N.U.Islamova, G.O.Babaeva, N.A.Vaxobova, M.X.Oydinov.