Muxamedova Nurxon Xalimovna

Hurmatli Ustozimiz, Muxamedova Nurxon Xalimovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Toshkent Davlat tibbiyot instituti bitiruvchisi, sanitar-gigiyenist, epidemiolog, shifokor-laborant-klinik biokimyogar. 2003-2013-yillarda oliy o’quv yurtimizning markaziy klinik biokimyo laboratoriyasiga mudirlik qilganlar.

Ilmiy yo’nalishlari: 2012-yilda 14.00.48 – Кlinik laborator va funksional diagnostika ixtisosligi bo’yicha «Buyrak va buyrakdan tashqari kasalliklarda nefropatiyaning erta tashxisini optimallashtirish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganlar.

2017-yilda 14.00.25 – Кlinik laborator va funksional diagnostika ixtisosligi bo’yicha «Аyollarda menopauzadan oldingi va keyingi davrda metabolik sindrom tashxisiga differensial yondashish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganlar.

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=ocasO38AAAAJ&hl=ru