«Bayrog’im-faxrim» tadbiri

Tibbiy va biologik kimyo kafedrasida 2023-yil 18-noyabrda “Bayrog’im-faxrim” tadbiri o’tkazildi.

Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi mudiri, dots. D.X.Tursunov 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi “Bayrog’im-faxrim” tadbiri o’tkazilayotganligi munosabati bilan barcha kafedra professor-o’qituvchilari, mehmonlari va TTA talabalarini til bayrami bilan tabrikladi, hamisha muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qoldi.
O’zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi “Bayrog’im-faxrim” bayrami munosabati bilan Davlat ramzi bo’lgan erklik timsoli bayroqqa alohida to’xtalib, uning qadr-qimmati, xalq uchun muqaddasligini aytib o’tdi. O’z ma’ruzasida bayroqning mamlakatlar, xalqlar o’rtasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor berdi.
Hamda Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi professori 18-noyabr “Bayrog’im-faxrim” bayrami bilan tabriklash uchun nutq so’zladi; jumladan, Masharipov Sobir Masharipovich, hammaga milliy davlat ramzi bayroq tarixi haqida ma’lumot berib, talaba-yoshlarga ilmiy-ma’rifiy yo’nalishlarida hamisha faol bo’lishini so’rab, zafarlar tiladi.
Tadbirni talaba yoshlar davom ettirdi, Xalqaro fakulteti va Davolash fakulteti talabalari Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi bag’ishlangan she’rlari bilan tadbirni boshlab berishdi. Tadbir doirasida barcha fakultet 1 va 2-kurs talabalari ishtirok etishdi. “Davlat bayrog’i – Davlatning asosiy ramzlaridan biri. Davlat timsollarini asrash uchun ajdodlarimiz o’z jonlarini ham fido etganlar. Ulug’ alloma shayx Najmiddin Kubro 75 yoshga kirgan bo’lishiga qaramasdan” Yo Vatan, yo sharafli o’lim”, deya bir qo’lida bayroq, bir qo’lida shamshir ko’tarib.mo’g’ul istilochilariga qarshi mardonavor jangga kiradi. Mo’g’ul askari uning qo’lidagi bayroqqa chang soladi. Buyuk bobomiz Vatan himoyasi yo’lida halok bo’ladi. Ammo vafot etgach ham, qo’lidagi tug’ dastasini qo’yib yubormaydi.” Xalqaro fakultet talabalari, Hindistonlik va Koreyalik talabalar ayniqsa juda ham faol ishtirok etishdi bayroq haqida she’rlar aytib, milliy bayroq bayrami bilan barcha o’zbek xalqini tabriklashdi. Talaba-yoshlar milliy va estrada kuy-qo’shiqlarini aytishdi.
Tadbir so’nggida tashkilotchilar kafedra katta o’qituvchisi X.S.Yusupxodjayeva va assitentlari G.O.Babayeva, M.N.Xidirova “Bu bayram O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan va shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi” qonunga imzo chekkan. Ushbu qonun 13 moddadan iborat: 3-modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I xalqaro maydonda: O’zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlarga safarlari chog’ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko’rgazmalarida, sport musobaqalarida O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’ladi.”,deb barcha kafedra xodimlarini va tadbir ishtirokchilarni erk timsoli bayrog’imizning 32 yilligi bilan barchani tabriklashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.