Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sarhisobi

28.09.2023-yil. “Xon atlas” festivali

Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakulteti Tibbiy va biologik kimyo kafedrasida “Xon atlas” umumxalq festivali doirasida professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Talabalar va ustozlar “Xon atlas” haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib, milliyligimiz ramzi bo‘lgan “Xon atlas” dan tikilgan liboslarda raqsga tushdilar.
Zero, milliy matomiz xon atlasda eng yorqin tabiiy ranglar jilosi, gullar ifori, pokiza qalblar, nafis tuyg‘ular uyg‘unligi mujassam.
Akademiyamiz o‘qituvchi va talabalari milliy liboslarimizda mavzuga oid she’rlar aytishdi. Milliy liboslarimiz timsolida xalqimizning asrlarga tutash o‘tmishi, urf-odati va an’analari, yuksak ma’naviy qiyofasini namoyish etdilar.

 

29.09.2023-yil. “USTOZLIK SHARAFI!”

1 OKTABR – USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI

Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta’lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

 

03.10.2023-yil. “USTOZIM – FAXRIM”

1 OKTABR- USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI

Bugun ta’lim-tarbiya sohasida, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylarimiz, farzandlarimiz hayotida yangi davr boshlanmoqda. Bu davrni yanada chuqur ma’no-mazmun bilan to‘ldirib, milliy yuksalishga erishish faqat va faqat o‘zimizga, shu yo‘lda hamjihatlik bilan qattiq mehnat qilishimizga bog‘liq.

 

06.10.2023-yil. Buyuk ajdodlarimizga ehtirom

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ulug‘ allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolarini obod etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Milliy ma’naviy merosimizni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.
Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz.

 

13.10.2023-yil.

Kitobxonlik–buyuk kelajak poydevori

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan.
Xalqimiz tilida ham kitob o‘qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin.

 

20.10.2023-yil.

TIL – MILLAT KO’ZGUSI

Til, millat, davlat. Bu uch tushunchani bir-biridan ayro tasavvur qilib boʻlmaydi. Har inson oʻz ona tilida soʻzlaydi, ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida his qiladi, ona tilida tush koʻradi. Til – millat qiyofasi, ma’naviy boyligimiz timsoli. Til tufayli xalq va elatlarning madaniy urf-odatlari saqlanib qoladi. Qachonki bolalar o‘z ona tillarida o‘qishni to‘xtatar ekan, o‘sha til yo‘qolish sari yuz tutadi. Tillarni saqlab qolish bu o‘sha xalqning madaniyati, urf-odati, rasm-rusumlarining boqiyligini anglatadi.

 

27.10.2023-yil. Sharq javohirlari

“Sharq javohirlari” zamon sinovidan o‘tibgina qolmay, o‘zining ulugʻvorligi, tarixiy ahamiyati bilan dunyoni zabt etishda davom etmoqda. Ulardan eng ajoyiblari: Buyuk Ipak yo‘li, Buyuk Xitoy devori, Toj Mahal, Misr piramidalari, Usmon mus’hafi, Aya Sofiya masjidi, Erondagi Behistun yozuvi, Oʻzbekistondagi Registon maydoni.

 

03.11.2023-yil.

Taraqqiyot strategiyasi: jadal hayot va yangilanish

Yoshlar tom maʼnoda, Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasidir. Zero, yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.

Yaxshi ta’lim va zahmatkash o‘qituvchilarsiz jamiyat rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan biron bir sohada, ilm-fandan san’at va texnologiyaga qadar hech birida taraqqiyotga erishish mumkin emas.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, mamlakatimizda farzandlarimizni go‘daklik davridan to kamolot yoshiga qadar har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotda munosib o‘rnini topishiga xizmat qiladigan uzluksiz va samarali tizim yaratilmoqda.

 

10.11.2023-yil.

Qadriyatlardan qadr topgan yurt

Har bir xalqning milliy qadriyatlarini uning tarixi, ma’naviyati, madaniyati, oʻziga xos urf-odatlari, an’analarisiz tasavvur qilish qiyin. “Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalari majmuini tushunmog’imiz lozim”.

 

17.11.2023-yil. Turizm: rivojlanayotgan tarmoq. Xalqaro talabalar kuni

Turizm xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari mustahkamlanib, O‘zbekiston va dunyo davlatlari bilan ko‘p qirrali hamkorligi va strategik sherikligi kengayib borayotgani yaqqol namoyon bo’lib bormoqda.

Hozirga qadar O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosining milliy ro‘yxatida 74 ta obyekt mavjud. Umumjahon merosining noyob namunasi sifatida O‘zbekiston hududidagi to‘rt qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzning YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan, yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z bayrami, Katta ashula, «Shashmaqom», askiya insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy olgan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida to‘plangan nodir qo‘lyozmalar «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritilgan.

 

18.11.2023-yil.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag’ishlangan “Bayrog’im-faxrim” tadbiri

 

24.11.2023-yil. Giyohvandlik- umr zavoli

Giyohvandlik muammosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi kun statistik ma’lumotlariga ko’ra, giyohvandlik vositalari tuzog’iga ko’pincha o’smirlar tushib qolmoqdalar. Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatish nafaqat jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi, balki ma’naviy jinoyat ham hisoblanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan giyohvandlik vositalaridan biri mefedrondir. Bu yangi sintetik giyohvandlik vositasi bo’lib, insonni o’ziga tez o’rgatib qo’yib uning asab tizimiga kuchli ta’sir o’tkazadi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.