Masharipov Sobir Masharipovich

Hurmatli Ustozimiz, professor, Masharipov Sobir Masharipovich

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori, professor.

Toshkent Davlat universiteti bitiruvchisi, fizik, kimyogar, 1992-2015-yillarda bizning oliy o’quv yurtimizning Urganch filialida bioorganik va biologik kimyo kafedrasi mudiri bo’lganlar.

Ilmiy yo’nalishlari: 02.00.06. «Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi». 1979-yilda O’zR FA qarashli «Kimyo» instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganlar. 1992-yilda Toshkent politexnika instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashida «Galogen tutgan polimerlar turg’unligini azot, kislorod va oltingugurt tutgan geterohalqali birikmalar yordamida oshirish» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganlar.

Kimyo fani bo’yicha bir qator darsliklar muallifi bo’lgan, ko’plab fan nomzodlariga rahbarlik qilgan qadrli Ustozimiz.

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=s5YcktgAAAAJ