Mazkur dars “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida tashkil etilib, uni
“Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Abdukadirova Lola Qobulovna ma’ruza qildi..
Dars jarayonida talabalarga “Vatan”, “Vatandoshlik burchi”, “Vatanni himoya qilish” hamda “Mardlik” tushunchalarining mazmun-mohiyati keng yoritib berildi. Ushbu tushunchalarning yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ezgulik va fidoyilik ramzi sifatidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalarda Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni ardoqlash, qadrlash va himoya qilish tuyg‘ularini shakllantirish masalasi darsning asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilandi.
Vatan — insonning tug‘ilib o‘sgan joyi, ajdodlar xotirasi va muqaddas merosi mujassam bo‘lgan, yagona va betakror maskandir. Vatan sotilmaydi, hadya etilmaydi va tanlanmaydi. U har bir fuqaro uchun muqaddas va bebaho ne’mat hisoblanadi.
Vatanni sevish, uni ardoqlash va himoya qilish shu yurtda yashovchi har bir insonning muqaddas burchi hisoblanadi.
Mazkur tuyg‘ularni yosh avlod qalbiga singdirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlab o‘tildi.
Mazkur tadbirda 300 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi hamda Zoom va YouTube platformalari orqali onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

